Stansiya: server bilan aloqa yo'q
Stansiya «server bilan aloqa yo'q», «fetch failed» yoki 503 xatosini yozadi. Ko'pincha bu Mac dagi internet yoki xizmatning qisqa nosozligi. Telefonga hech narsa bo'lmagan, o'rnatish yo'qolmagan.
Nima qilish kerak
- 1
Mac dagi internetni tekshiring: brauzerda app.mdm.dwish.uz ni oching. Ochilsa — muammo tarmoqda emas.
- 2
Aloqa tiklangach — «Start» yoki «O'rnatishni qaytarish» ni bosing. Stansiya shu joydan davom etadi. Telefonga tegmang.
- 3
Internet ishlab turganda 503 — xizmatning qisqa nosozligi. 2–3 daqiqa kutib qaytaring. 10 daqiqadan ko'p — bizga yozing.
- 4
Sarlavhadagi stansiya versiyasini ko'ring. «Yangilash» tugmasi bo'lsa — yangilang.